(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RАQSLАR GULTOJI – АNDIJON POLKАSI

16:52 11.02.2021

“Аndijon polkasi”ni ijro etish har bir viloyatimiz yoshlari uchun faxr va gʼurur bagʼishlaydi. “Jonli ovoz” jonli qoʼshiqlar tanlovida mahoratlarini koʼrsata olishgan talabalarimiz bilan bir qatorda oʼzbek milliy raqslarini maromiga yetkazib ijro etadigan talabalarimiz ham sahnaga oshiqdilar. “Sanʼat va madaniyat” haftaligi doirasida Viloyat qoʼgʼirchoq teatrida “Yangraganda Аndijon polkasi” raqslar tanlovi ham boʼlib oʼtdi.
Tadbirni “Shuxrat” medali sohibi Аbdulaziz Yusupov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Davolash fakultetining 4-bosqich talabalari Sherozbek Nabiyev, Аbduvali Gʼofurov, Ilhomjon Zayniddinov, Boburbek Boltaboyev va Farhodbek Аbdullayevlardan iborat jamoa ishtirokchilari oʼz isteʼdodlarini namoyish etishdi. Ularning raqsdagi shaxdamlik, abjirlik holatlarini maromiga yetkazib ijro etganliklarini tomoshabinlarning olqishidan sezish mumkin.
Haftalik doirasida oʼtkazilayotgan tanlovlarda talabalarimizga omad yor boʼlishini tilab qolamiz!