alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rag‘bat mas’uliyat demakdir

18:36 20.02.2020

O‘zbekiston “Adolat” SDP tashkil topganiga 25 yil to‘ldi. O‘tgan davrda partiyamiz siyosiy maydonda o‘z maqsad va g‘oyalari bilan yangi kuch sifatida shakllandi. Bugun 20 mingdan ortiq “adolatchilar”ni o‘z atrofiga birlashtirgan viloyat partiya kengashi ham andijonda partiyaning taniluvchanligini oshirish va xayrixoxlari safini kengaytirish yo‘lida tashabbuslar bilan chiqmoqda.
Partiyamiz tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda bir guruh partiya faollari mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, demokratik jarayonlarni jadallashtirish, huquqiy-demokratik davlat barpo etishdagi faolligi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDPning xalq orasidagi obro‘sining yuksalishi va uning nufuzini oshirish yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun  “Adolat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida Andijon viloyati partiya kengashi raisi Madaminjon Madazimov va partiyaning Asaka tumani kengashi raisi Mehriniso Karimova ham bor. Bu albatta, andijonlik “adolatchilar”ga berilgan yuksak bahodir.

– Mukofot  barcha partiyadoshlarimizga cheksiz quvonch bag‘ishladi, – deydi viloyat partiya kengashi raisi Madaminjon Madazimov. – Rag‘bat o‘z o‘rnida mas’uliyat demakdir. Bunga javoban yanada fidoyilik ko‘rsatib ishlashimiz zarur. Biz o‘z faolligimiz va  butun bilimimiz bilan mukofotga munosib javob beramiz.
Mukofot muborka bo‘lsin!

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon voloyati   

                                                kengashi matbuot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!