alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

17:36 23.05.2020

Tojdor dushman nomi bilan  kirib kelgan koronavirus pandemiyasi irodamizni yanada tobladi, jipsligimizni mustahkamladi. Ahamiyatlisi, xalqimiz hamjixatlikda, birlikda har qanday sinovni engib o‘tishga qodir ekanligi o‘z ifodasini topdi.
Shunday damda musulmon olamida Ramazon hayiti. Biz bu kunni hamma vaqt katta tantana va xursandchilik bilan o‘tkazganmiz. Mehr-oqibatga, sahovatga yo‘g‘rilgan tadbirlar, xayrli ishlar bilan ko‘ngil olingan. Bugun ayni ana shu koronavirus sabab bu amallarni avvalgidek to‘la bajarishning  imkoni yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida haqli ravishda bu yil Ramazon hayiti karantin talablari asosida o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilgani ham bejiz emas. Mazkur qaror fuqarolarimizning sog‘lig‘ini, tinchini, buguni va ertangi kunini o‘ylab qabul qilindi.
Hayot faqat shodligu quvonchlardan emas, uning kutilmagan sinovlari ham bo‘ladi.  Har qanday sinovlarni birligimiz va ahilligimiz, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz bilan enga olamiz!
Bugungi talablarga amal qilish koronavirus balosidan qutulishning kafolatidir. Bayram kunlari o‘zimiz va xalqimiz salomatligi uchun o‘rnatilgan tartibga qat’iy amal qilishimiz lozim. Oila davrasidagi xursandchilik, keksalarga hurmat va masofadan turib ko‘ngil olishlar cheklanmaydi. Qaytanga, hozirgi vaziyatda bir birimizga dalda bo‘laylik, qo‘llab-quvvatlaylik!
Bayram kayfiyatimizga hech bir holat soya solmasin. Bu albatta, hammamizga bog‘liq. Birgina talab Ramazon hayit namozini uyda, oilamiz davrasida o‘qiylik. Muhimi, tinchligimiz va salomatligimizga ko‘z tegmasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

  Madaminjon MADAZIMOV,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori,

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!