alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Raqslar  guldastasi

16:04 20.11.2019

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  ilgari  surgan  5  ta muhim  tashabbusni  ijrosini ta’minlash  maqsadida,  birinchi tashabbus,  ya’ni  yoshlarni  bo‘sh  vaqtini  mazmunli  tashkil  etish,  ularni  san’atga bo‘lgan  qiziqishini  orttirish maqsadida  Tillar,  pedagogika  va  psixolgiya kafedrasida “Raqslar  guldastasi ”  tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda   davolash,  pediatriya, stomatologiya  fakulteti   talabalari  ishtirok  etdilar. Tadbir  avvalida kasb  ta’limi  yo‘nalishi mas’uli  D.Sh.Xasanov so‘zga  chiqib,  Respublikamizda  Prezidentimiz  tomonidan   yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilgan  shart-sharoitlar  xaqida  gapirib,  talabalarni shunga  javoban  a’lo  o‘qishga  va   jamoat  ishlarida  faol  bulishga  chaqirdi.

Shundan  keyin  raqslar  raqslarga  ulanib,  bayram  tadbiri  boshlandi. Pediatriya  fakulteti  208- gurux  talabasi   Sabina Sultonovaning    milliy  raqsi, davolash  fakultetidan  Moxinur To‘lqunova  ispancha  raqsi, stomatologiya  fakulteti  talabalari  Muxammadmaruf Valiev   va  Dildora Zokirjonova  lezginka raqslari olqishlar bilan kutib olindi.

Yoshlar raqs bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatgan tadbir  yakunida  talabalar  va  o‘qituvchilar  ijrosida  ommaviy  raqs  ijro  etildi.

Gavxaroy Minavarova

Tillar,  pedagogika  va  psixolgiya kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!