Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida “Талабаларни гувохномаси бўлмаганлиги учун оммавий тарзда кўчага чиқариб қўйилгани айтилмоқда. ” (murojaat tahrirsiz) degan xabar tarqaldi.
Andijon davlat tibbiyot institutida ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borildi va unga ko‘ra quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Institutning o‘quv binolariga kirishda talabalik guvohnomalari institut hududiga begona shaxslarni kirishining oldini olish, ya’ni xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirilgan.Talabalar talabalik guvohnomasini o‘zlarining yonida olib yurishlari bo‘yicha oldinroq ogohlantirilgan. Shunga qaramay talabalik guvohnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmagan talabalarga tushuntirish ishlari olib borilgan va ular o‘z vaqtida darslarga qo‘yilgan. Mazkur tushuntirish jarayonida ishtirok etgan va darslarga kirgan talabalarga “nb” qo‘yilmagan.
Ma’lumot uchun, institut nizomida xodimlar va talabalarning muassasa hududiga kirishda guvohnomalarini taqdim etishlari belgilab qo‘yilgan.