alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

20:03 01.01.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida xodimlarni Yangi yil munosabati bilan ragʻbatlantirish maqsadida tashkillangan “Yangi yil sovgʻasi” borasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat

Feyzbuk ijtimoiy tarmogʻida Andijon davlat tibbiyot institutida Yangi yil munosabati bilan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yangi yil sovgʻasi” borasida norozilik kayfiyatidagi xabarlar tarqalgan.
Andijon davlat tibbiyot instituti axborot xizmati shuni maʼlum qiladiki, institutda har bir bayram arafasida ishchi-xodimlar ragʻbatlantirib boriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan har bir xodimga 540 ming soʻmdan mukofot pullari ajratildi. Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan ham byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, hech qaysi xodimning oylik maoshiga taʼsir qilmagan holda 290 ming soʻmdan mukofot puli ajratilgan. Qolaversa, 250 ming soʻmdan “Yangi yil sovgʻasi” uchun pul ajratilgan boʻlib, bayram arafasida barcha xodimlarga tarqatma vedmost asosida sovgʻalar berildi.
Bu borada biror xodimdan eʼtiroz bildirilmadi. Aksincha, xodimlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tuzilgan guruhlarda minnatdorlik xabarlari qoldirilgan.
Namuna sifatida mazkur xabarlarni asli holicha keltirib oʻtishni joiz bildik.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!