alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

09:47 07.01.2022

Andijon viloyati  Baliqchi tumani Shoʻr MFY, Guldiyor koʻchasi  138-uyda  yashovchi fuqaro  Raxmonov Akbarali Ismonovichning ijtimoiy tarmoqlardagi  murojaatiga rasmiy munosabat

Andijon davlat tibbiyot instituti masʼul xodimlari tomonidan Andijon viloyati,  Baliqchi tumani, Shoʻr MFY, Guldiyor koʻchasi  138-uyda  yashovchi fuqaro  Raxmonov Akbarali Ismonovichning  ijtimoiy tarmoqlar hamda Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentiga  ishonch telefoni orqali kelib tushgan 844769/21-tartib raqamli  murojaati  Oʻzbekiston Respublikasining  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi  Qonunining 24- va 27- moddalari tartibida  oʻrganib chiqildi.

Murojaat muallifi bilan suxbatlashilganda  u jarroxlik amaliyotidan soʻng qulogʻidan yiring kelishi, chap yuzini qiyshayishi, chap koʻzining koʻrish qobiliyati susayganligini , avvalgi murojaatlari boʻyicha unga yordam koʻrsatilmaganligini bildirib,  jarroxlik amaliyoti oʻtkazgan vrachga nisbatan chora koʻrilishini soʻragan.

Murojaat muallifiga qayta tashxisdan oʻtishi va xolatga aniqlik kiritish  lozimligi aytilganda  u  tashxislarni Toshkent shaxrida oʻtkazishini, u yerga borib-kelish, tashxis va davolanish xarajatlarini aybdorlar tomonidan qoplanishini soʻragan.

Raxmonov Akbarali Ismonovichga u soʻragan mablagʻni undirib berishga institutning  vakolati yoʻqligini, koʻrgan moddiy va maʼnaviy zararlarini aybdorlardan undirish va ularga nisbatan chora koʻrish uchun  yuqori tashkilotlarga va sudga murojaat qilishi ogʻzaki va yozma ravishda tushuntirilgan.

Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, surunkali yiringli epimezotimpanit xoleostetoma bilan kasallangan bemorlarda  bosh miya asoratlari,  yuz nervining falaji va boshqa asoratlar uchraydi. Yuz nervi falaji bilan surunkali otitlarda esa bu koʻrsatkich  15-20% ni ,  jarrohlik tufayli yuz nervi asorati esa 0,5-1% tashkil qiladi.

Bemor  tomonidan qilinayotgan shikoyatlardan kelib chiqqan holda u Andijon davlat tibbiyot instituti rektori buyrugʻiga asosan boshqa LOR mutaxassislar tomonidan tekshirilib, xulosalar qilingan. Agar bemor  oʻtkazilgan xulosalardan ham qoniqish hosil qilmagan taqdirda qayta LOR mutaxassisilariga murojaat qilishi  mumkin.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!