alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

15:24 04.12.2021

RASMIY MUNOSABAT

Ozodlik radiosiga Andijon davlat tibbiyot instituti xodimi “5000 qadam” loyihasiga majburan jalb etilgani boʻyicha bildirgan murojaatiga

RASMIY MUNOSABAT

Karonavirus pandemiyasi avj olganidan soʻng kishi oʻz salomatligiga yanada koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Sogʻlom turmush tarziga, karantin qoidalariga amal qilish, sport bilan muntazam shugʻullanib borish kasallikni yengishda asosiy chora boʻlayotgani ayni haqiqat.

Andijon viloyati boʻylab “5000 qadam” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida ham qator sport tadbirlari va piyoda yurish loyihalari oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur loyiha 2021-yil 23-noyabr kuni soat 19:00 da start olgan boʻlib, uni institut rektori va prorektorlar boshlab berishgan. Loyiha hozirda fakultetlararo bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, loyihaga biror xodim majburan jalb etilmagan, toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishni istagan xodimlar oʻz hoxish-istaklari bilan tadbirda ishtirok etishmoqda. Loyiha institutning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida ham yoritilmoqda.

Shuningdek, Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Sh.X. Xamroqulov ham oʻz munosabatini keltirib oʻtadi: “Haqiqatan yuqoridagi gaplar menga taalluqli. Kafedraning barcha xodimlari mening shogirdlarim, shuning uchun bu fikrlarni hazil tariqasida ularga yetkazdim. Kafedra xodimlari ham buni hazil tariqasida yuqori kayfiyat bilan qabul qilgan. Buni audio yozuvlardan ham koʻrishingiz mumkin. Bu yurish tadbirlari majburiy emas ixtiyoriydir. Hozirgacha kafedra xodimlarining birortasi ommaviy piyoda yurishga qatnashmaganligi uchun jazolanmagan yoki xayfsan olmagan”.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!