Kafedra mudiri: t.f.n. dotsent.
Butabayev Maxmudjon Tuxlibayevich
Tel: +998934155505
Andijon Davlat Tibbiyot Institutining jismoniy tarbiya kafedrasi qoshida 1959 yilda davolash jismoniy tarbiyasi va shifokor nazorati fani o‘z faoliyatini boshladi.Kafedra mudiri A. Nogay edi. 1962 yilda esa alohida kurs bo‘lib, dotsent Reznikov boshchiligida faoliyat ko‘rsatdi. 1969 – 1973 yillardan boshlab Litvak A.S. boshchiligida davom ettirdi. 1973-2005 yillargacha professor Jurayev A.J. boshchiligida faoliyatni davom ettirgan, 1975 yildan boshlab ADTI qoshidagi klinikaning fizioterapiya bo‘limiga ko‘chib o‘tilgan. 1976 yili dars soatlari ko‘payishi bilan kafedra deb eʼlon qilindi. 1985 yilda ADTI klinikasida 200 o‘rinli sanatoriya tipidagi balneofizioterapiya bo‘limi tashkil etildi. Kafedra ushbu bo‘lim bazasida joylashdi. Bu maskanda talabalarni o‘qitish ishlari yana-da yaxshilandi. Xar bir taklif qilingan yoki bo‘lmasa ixtiro qilingan usullarni bevosita ko‘llab va ularni natijasini o‘zimiz va talabalar ko‘radigan bo‘ldi. Bu xol talabalarni amaliy tajriba va mashg‘ulotlaridan olinayotgan taassurotlarini chuqurlashtirib ishonchliroq, aniqroq bilim olishga yordam bermoqda. Bu esa talabalarniva aholini bizning kafedramizga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ilmiy tadqiqot ishlari, davolash va yangi davolash usullarni amalda tatbiq qilish ishlari o‘z yo‘lida rivojlanib davom etib kelmoqda. 2005 yilda kafedra jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, DJT, SHN va fizioterapiya kafedrasi deb atala boshlandi. Kafedraga dotsent Muxtarov O.A. rahbarlik qilgan. 2015 yildan boshlab ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash borasida magistraturaning 5A510127-Sport tibbiyoti mutaxassisligi o‘qitila boshlandi. 2017 yildan “Reabilitologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi deb nomlanadi 2020 yildan boshlab esa “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” deb nomi o‘zgartirilgan. 2018 yanvar oyidan boshlab kafedraga M.T. Butaboyev raxbarlik qilib kelmoqda. Kafedramiz tashkil qilingandan buyon 2 ta doktorlik, 6 ta kandidatlik va 50 ta klinik ordinatorlar, 4 nafar magistr talabalari bitirib ketdilar va turli joylarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar. Kafedramizda olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari asosan dori-darmonsiz davolash usullarini turli kasalliklar bilan kelgan bemorlar organizmiga taʼsirini o‘rganishdan iborat. Kafedra (Phd) tayanch doktoronti Toxtiyev J. B. « Морфофункциональный статус и динамика физической подготовленности атлетов, занимающихся национальным видом спорта кураш » nomli mavzu bo‘yicha o‘z izlanishlarini olib bormoqda. Kelgusida rejalarimiz xalqaro miqyosida ishlayotgan ilmiy tekshirish ishlarini davomettirish, yangi qo‘llanilayotgan usullarni yana-da mukammallashtirish va rivojlantirish.
XOZIRDA KAFEDRADA MEXNAT QILAYOTGAN XODIMLAR
Kafedara katta o‘qituvchisi: Minavarov Rasuljon Anvarovich
Kafedara katta o‘qituvchisi: Soliyev Ilxomjon Maxammadjonovich
Kafedra assistenti: Utanov Zafar Muxammadovich
Kafedra assistenti: Isakov Qobiljon Komiljon o‘g‘li
Kafedra assistenti: Qosimov Islombek Ulug‘bek o‘g‘li
Kafedra o‘qituvchisi: Mamajonov
Xolmatjon Abdullajonovich
Kafedra o‘qituvchisi: Tuychiyev
Akmaljon Akramjon