
Bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institut klinikasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Institut klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarori bilan rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 349,621 milliard so‘m mablag‘ga loyiha-smeta qilingan bo‘lib, 2021-2024-yillarda byudjet mablag‘lari hisobidan 196,445 milliard so‘m to‘liq ajratilib, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borildi.
2025-yildan rekonstruksiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-395-son Qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti mablag‘lari hisobidan olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda binolarda liftlar keltirilib, ularni joylash ishlarini boshlash rejalashtirilgan, binolardagi tashqi derazalar tagiga mramor joylashtirish, suv bilan davolash binosini tashqi ko‘rinish qismlariga keramogranid kafellari qoplash, yer ostidan gidrand va issiq suv tortish ishlari, karidor va palatalarda shift o‘rnatish ishlari, davolovchi bloklardagi xonalarga eshik o‘rnatish ishlari, elektr kabellarini o‘rnatish ishlari, bloklarda yon tarafdan chiqish eshiklariga tashqi zinalarga mramor o‘rnatish, bloklarda oyna, alyumin-plastik kompozitli eshik va romlar o‘rnatish, bloklarda isitish tizimlari sozlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut rektori jarayonlar bilan yaqindan tanishib, ishlarni jadallashtirish borasida taklif va topshiriqlarni berdi.