alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Rektor kubogi” uchun mini futbol musobaqasi o‘tkazildi

13:42 01.06.2019

2019 -yil  31-may  kuni ADTI talabalar turar joyidagi sport zalida reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan  Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning – Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash hamda 1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Shu kuni mahallalardagi bolajonlar sportning mini futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasida faol qatnashdilar. Mini futbol  musobaqasi qiziqarli va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sport tadbiriga Andijon shahrining , “Ahmad Yassaviy”, “Qizil quyosh”, “O‘zbekiston”, “Dilkushod”, “Yangilanish” MFYlarining uyushmagan yoshlari qamrab olindi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, “Ahmad Yassaviy” MFY jamoasi 1-, “Yangilanish” MFY  jamoasi 2-, “O‘zbekiston” MFY jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.


G‘olib jamoalarga va barcha qatnashchilarga diplomlar taqdim etildi. Shuningdek, “Ahmad Yassaviy” MFY bolajonlari “Rektor kubogi”ga ega bo‘ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!