alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rektor va talabalar uchrashuvi davom etmoqda

16:54 25.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor M.Madazimov stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalar institut rektori bilan samimiy suhbatlashdilar. Institut rektor muloqot avvalida  talabalarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi, talabalarning fikrlarni tingladi.

Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida institutga keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar  bilan tanishtirdi.

Talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida instituti rektori tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut an’analari, ichki tartib-qoidalari qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Ta’lim jarayonida yaxshi natijalarga erishish uchun har bir sohada faollik zarurligini uqtirdi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanayotgan talabalar erishayotgan yutuqlarni faxr bilan eʼtirof etdi.

ADTI axborot xizmati

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!