alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALARNING OCHIQ MULOQOTI

14:26 08.04.2021

Institutimizda xorijlik talabalarning  sifatli va samarali ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, ularning darsdan bo‘sh vaqtlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Syed akbar shah 1-bosqich talabasi. U darsdan bo‘sh vaqtlarida sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi. Ana shunday tashabbuskor yoshlar bilan institutimiz rektori M. Madazimov ochiq suhbat olib bordi. Shuningdek, suhbatda viloyat hokimligining kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev, “Uztelekom” aloqa kompaniyasi, viloyat gaz ta’minotiining vakillari ham ishtirok etdilar.

Muloqot davomida talabalar o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Suv, gaz, internet  borasidagi ayrim kichik  kamchilik bir hafta mobaynida hal etiladigan bo‘ldi.

Uchrashuv davomida o‘zimizning talabalar bilan ham davra suhbati tashkil etildi. Unda yoshlar o‘qish va darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mutaxassislar tomonidan ularning takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!