alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Respublikamizda ilk bor 2023-yilda aholini roʼyxatga olish oʼtkaziladi

17:41 24.05.2021

Maʼlumki, BMTning 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi  va uy-joy fondini roʼyxatga olish borasidagi prinsplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga aʼzo davlatlar har oʼn yilda kamida bir marta aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishi belgilab qoʼyilgan. Аyni paytda, MDH davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan. 2019-yilning oktyabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida aholini roʼyxatga olish tadbiri oʼtkazildi. Joriy yilda Аrmaniston, Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston davlatlarida mazkur tadbirni oʼtkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Mazkur tadbir soʼnggi bor sobiq ittifoq davrida 1989-yilda oʼtkazilib, oʼsha paytda yurtimiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etgan.

Аvvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi (barcha aholi punktlari boʼyicha), oilaviy ahvoli, maʼlumoti, kasbi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar boʼyicha batafsil maʼlumot toʼplanadi.

Binobarin, mazkur koʼrsatkichlar orqali aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan makroiqtisodiy koʼrsatkichlar hisoblanadi. Oʼz navbatida, yurtdoshlarimiz migratsiyasi toʼgʼrisida aniq maʼlumotlar shakllantiriladi.

Bundan tashqari, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʼrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʼrsatish boʼyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.

Chunonchi, aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish boʼyicha qisqa, oʼrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼulotlar nihoyatda qoʼl keladi. Shuningdek, aholini roʼyxatga olish natijasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʼrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratiladi.

Andijon viloyat statistika boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!