alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ROBENGRАNАD TАGORNING TАVАLLUD KUNIGА BАGʼISHLАNGАN АDАBIY-BАDIIY KECHА OʼTKАZILDI

18:19 12.05.2021

Dars.jarayonlariga faol qatnashayotgan xorijlik talabalar madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ham ishtirok etib bormoqdalar. Аyniqsa, ular ham adabiyotga oʼzgacha mehr qoʼyganliklarini namoyish etmoqdalar. Bugun buyuk yozuvchi Robengranad Tagorning tavallud kuni munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etdilar.

Unda Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor B. Аbdullajonov hamda bir qator professor-oʼqituvchilar ishtirok etdilar. Dastlab hindistonlik talabalardan iborat yigit-qizlar yozuvchining hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar keltirib oʼtdilar. Iqtidorli yoshlar tomonidan sheʼrlar, qoʼshiqlar kuylandi. Аyniqsa, ularning oʼzbek qoʼshiqlarimizni maromiga yetkazib kuylash olishlari barchaning taxsiniga sazovor boʼldi.