alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ROSSIYA АKАDEMIGI А. KOZLOV BILАN HАMKORLIKDАGI ONLАYN MА’RUZА

13:52 19.04.2021

Bugun Rossiya Federatsiyasi akademik N.N. Burdenko nomli neyroxirurgiya TIАM yetakchi mutaxassisi, t.f.n. А. Kozlov bilan hamkorlikda “Bosh miya jarohatlari. Bugungi kunda muammoning dolzarbligi. Klinika, tashxisot va davolash” mavzusida onlayn maʼruza oʼtkazildi.

Onlayn konferentsiyada travmatologiya, ortopediyasi va neyrojarroxlik kafedrasi mudiri, professor K. Xudayberdiyev va Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarroxlik kafedrasi mudiri, dotsent K. Qoʼldashev oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Unda bugungi kunda travmatalogiya, ayniqsa bolalar ortopediyasi va neyrojarrohlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, tibbiyot sohasida talabalarni oʼqitishda eng soʼnggi innovatsion texnologiyalarni qoʼllash borasida soʼz bordi.

Onlayn maʼruzada ishtirok etgan talabalar, institut klinik ordinatorlar, magistrlar, ilmiy xodimlar hamda professor-oʼqituvchilar oʼzlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarli javob oldilar.