alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rossiya Federatsiyasi Qrim Respublikasi Georgiev tibbiyot universiteti professori I.A.Settarov Andijon davlat tibbiyot institutiga keldi

16:20 14.03.2019

2019-yil 14- mart kuni Rossiya Federatsiyasi Qrim Respublikasi Simferopol shahri Georgiev tibbiyot universiteti professori Ismet Ablyamitovich Settarov Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Dastlab professor I.A.Settarov ADTI simulyatsion o‘quv markazidagi shart-sharoitlar hamda muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, institut rektori qabulida do‘stona va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik shartnomasi doirasida olib borilayotgan xalqaro aloqalar  va istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida muzokaralar olib borildi.

So‘ngra professor I.A. Settarov “Pediatriyaning dolzarb vazifalari” mavzusida  ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada institut Bolalar  kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi mudiri, dotsent M.Abdullaeva, Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, dotsent B.Inakova, kafedralarning barcha xodimlari hamda pediatriya fakulteti 6- kurs talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzada pediatriyaga oid eng dolzarb muammolar keng yoritildi.

Rosssiyalik  yetakchi mutaxassis I.A.Settarov  yangi ma’lumotlarga boy, qiziqarli ma’ruzani o‘qib eshittirdi va barcha savollarga javob berdi.

Maruza so’ngida rossiyalik mehmonga qatnashchilar o‘z minnatdorchiligini bildirdilar va ikki oliygoh o‘rtasida doimiy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!