alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rossiya-O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mintaqaviy konferensiya tafsilotlari

17:30 10.04.2019

2019-yil 7-aprel kuni Astraxan davlat tibbiyot universiteti O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Favqulotda va Muxtor elchisi B.Asadov  boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Universitetning majlislar zalida elchi janoblari Astraxan davlat tibbiyot universiteti va o’zbek diasporasi a’zolari bilan birgalikda o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Astraxan davlat tibbiyot universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor X.M. Galimzyanov yig’ilishni ochib,  o’zbekistonlik  mehmonlarni universitetga tashrifidan doimo mamnun ekanligini bildirib, oliygohlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda talabalarga O’zbekiston fuqarolarining xorijga chiqishi uchun yangi biometrik passport, ro’yxatga olish, yangi passport bilan chet elga vaqtinchalik chiqish, uni tayyorlash muddati kabi masalalar haqida ma’lumot berildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg’ona filiali direktori G’.Sultonov va xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi S.Ismailova; Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori R. Ro’ziboev; Samarqand davlat tibbiyot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Sh.A. Yusupov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, Astraxan davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari va talabalarni ta’lim muassasalari tarixi bilan tanishtirdilar. Ular Astraxan davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar uchun o’quv jarayoni va rezidentlik bo’yicha mashg’ulotlar haqida so’zlab berishdi.

8-aprel kuni Astraxanda Rossiya va O’zbekiston universitetlarining mintaqalararo konferentsiyasi o’z ishini boshladi. Tadbir “Rossiya va O’zbekiston oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning zamonaviy haqiqatlari, tendensiyalari va istiqbollari” mavzuda bo’ldi. Tadbir o’tgan yili Toshkent shahrida bo’lib o’tgan birinchi Rossiya-O’zbekiston ta’lim forumining yakuniy qarori bilan tashkil etildi. Konferensiyada ikki davlat hukumat vakillari va  40 dan ortiq universitetlarining  rahbarlari ishtirok etdilar.

Anjuman ikki qismga bo’linib, 1-qismi Astraxan texnika universitetida «Rossiya va O’zbekiston o’rtasida oliy o’quv yurtlararo hamkorlikning amaliy mexanizmlari» mavzusida, 2-qismi Astraxan davlat universitetida  «Rossiya va O’zbekiston tibbiyot universitetlari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish» mavzusida bo’lib o’tdi. Astraxan davlat tibbiyot universitetidan o’quv ishlari bo’yicha prorektori O. A. Bashkina «Rossiya va O’zbekiston o’rtasida fan va ta’limning ustuvor yo’nalishlari»  mavzusida  ma’ruzasi bilan qatnashdi.

«Hamkorlikning yangi bosqichi: birinchi rus-o’zbek ta’lim forumi qarorlarini amalga oshirishga bag’ishlangan forum»   Astraxan viloyati gubernatorining qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Unda MISIS «Milliy tadqiqot texnologiya universiteti, MGIMO, A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti vakillari ishtirok etadilar.  Volgograd davlat agrar universiteti, AGTU, ASU, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va boshqa oliygohlarning vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Fan va Oliy Ta’lim vazirining o’rinbosari M. Borovskaya, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari O.Abdurahmonov, PF Prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar  boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari A. Rybakovlar ham qatnashdilar.Anjumanda Rossiya va O’zbekistonning barcha universitetlari vakillari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Plenar yig’ilishda etakchi Astraxan universitetlari rektorlari: X.M Galimzyanov – ADTU rektori vazifasini bajaruvchi,  Astraxan davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi – K.A.Markelov, ADTU rektori – A.N.Nevalenniylar o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Xalil Mingalievich «Rossiya-O’zbekiston tibbiyot universitetlari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish» mavzuda ma’ruza qildi.

Konferensiya qatnashchilari Rossiya va O’zbekiston oliy o’quv yurtlari o’rtasida «Yo’l xaritalari» ni joriy qilish va joriy yilning kuzida Moskvada bo’lib o’tadigan ikkinchi rus-o’zbek ta’lim forumining kun tartibini shakllantirish masalasini ko’rib chiqdilar. Konferensiya Astraxan viloyati hukumati, Rossiya Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligi, O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Rossiya elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!