alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rossiyalik shifokorlar guruhi hamkorlik uchun Andijonga keldilar

16:14 22.09.2020

Viloyatimizga koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov COVID-19ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida tibbiyot xodimlarimiz bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan shifokorlar bilan uchrashdi.

Viloyatimizda bo‘lib turgan shifokorlar, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasiga Rossiyaning eng nufuzli shifoxonalaridan yetib kelgan 35 nafar tibbiyot xodimlari, epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, jarroh shifokorlar, diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralarining bir guruhi hisoblanadi.

Rossiyalik mutaxassislar viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimizga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘mak berishadi.

Andijon viloyati hokimligi

MATBUOT XIZMATI

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!