alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ОТКРЫТЫЙ ДИАЛОГ ВЫПУСКНИКОВ НАШЕГО ВУЗА С ФЕРГАНСКИМИ РАБОТОДАТЕЛЯМИ

15:36 24.02.2021

Bugungi kunda mamlakatimizda  aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalarida soha mutaxassislarini ish bilan ta’minlash, malakali kadrlarni shakllantirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lmoqda. Andijon davlat tibbiyot  institutida Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan ADTI bakalavr va magistratura yo‘nalishi bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ADTI Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i A. Ziyayev ochib berdi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i  Xusanjon Mamadjonov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar, jadal o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad- bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish, mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazish bo’ldi.
Uchrashuv davomida, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘. Hodjimatov, pediatriya fakulteti dekani A. G‘ofurov, stomatologiya fakulteti dekani  D. To‘lanov,  institut bakalavr va magistratura yo‘nalishlari  bitiruvchilari klinik ordinatorlar  mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i  Xusanjon Mamadjonov ularning barcha savollariga batafsil javob berdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!