alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

5 muhim tashabbus: Davolash fakultetida mini futbol

13:00 11.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgar surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 10-oktyabr  kuni Andijon davlat tibbiyot institutida davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug’bek Karimov mas’ulligida “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sportda qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish” shiori ostida ikkinchi muhim tashabbus ijrosini ta’minlash bo’yicha sport tadbiri   o‘tkazildi.
Sport tadbirda davolash fakultetiga qarashli Jarrohlik va urologiya hamda Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedralari professor-o’qituvchilari, hozirda shu kafedralarda tahsil olayotgan davolash fakultetining 5-, 6-bosqich talabalaridan tuzilgan to’rt jamoa ishtirokida sportnnig mini futbol turi bo’yicha saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Mini futbol musobaqasi qizg’in kurshlarga boy bo’ldi. Yakuniy xisob-kitoblarga ko’ra Jarrohlik va urologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari musobaqa g’olibi bo’ldi. Tadbir ishtirokchilari har haftada davolash fakultetiga qarashli kafedralar o’rtasida  saralash musobaqalari o‘tkazishga kelishib oldilar.
 

    U.Karimov.  Davolash fakulteti yoshlar bilan  ishlash  bo’yicha dekan muovini

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!