alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida yurak qon-tomir jarrohligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

11:34 26.02.2019

ADTI klinikasi qoshida 2001- yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining №199-sonli buyrug‘iga asosan yurak qon-tomir jarrohligi bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘limda institutning umumiy jarrohlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari faoliyat olib borishib ular tomonidan Farg‘ona vodiysi aholisining tug‘ma va orttirilgan yurak qon-tomir hastaligi bo‘lgan bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Bo‘limda olib borilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish maqsadida Respublika va xorijiy ixtisoslashtirilgan markazlar bilan uzviy aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan Sh.Sh.Mansurov akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida endovaskulyar xirurgiya bo‘yicha, J.D.Kadirov Rossiya federatsiyasi Moskva shahridagi A.N. Bakulev nomidagi yurak qon-tomir jarrohligi ilmiy amaliy markazida kardioxirurgiya ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tib mutaxassislikga ega bo‘lishdi. Shuningdek B.X. Matkarimov akademik V. Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida qon-tomir mutaxassisligi bo‘yicha, J.Madrahimov bolalar kardioanesteziologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha o‘z malakasini oshirib sertifikatga ega bo‘lishdi va faoliyat olib borishmoqda.
Klinikada turli xil yurak tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda berk va ochiq usulda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan. O‘tgan davr mobaynida bo‘limda 1154 nafar bemorda yurak operatsiyalari amalga oshirildi. Ulardan 660 tasi sun’iy qon aylanish sharoitida ochiq usulda bajarildi. Respublika va xorijiy ilmiy markazlar yetakchi mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda kafedra professor-o‘qituvchilari, klinika mutaxassislari, bakalavriatura, magistratura va klinik ordinatura talabalariga maxorat darslari va seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda. 2018- yil 5-6 iyun va 16-20 dekabr kunlari RF A.L.Myasnikov nomli ilmiy kardiologiya instituti, yurak qon-tomir bo‘limi rahbari akademik R.S.Akchurin, katta ilmiy hodim D.M.Galyautdinov, anesteziolog-reanimatolog Ye.V.Dzybinskaya tashrifi shular jumlasidandir. Ular tomonidan uyqu arteriyalarida 2 ta murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Shuningdek akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori akademik F.G.Nazirov rahbarligida, professor F.Sh. Baxritdinov, X.A.Abdumajidov, M.M. Akbarov, Sh.Xudoybergenov, X.K. Abrolov, t.f.d. Sh.M.Aliev, N.U. Sharapov, F.F Turaev, A.A. Omonov, O.A. Tairovlar tomonidan murakkab qon-tomir jarrohligi amaliyoti va yurak nuqsonlarida koratid endarterektomiya, mitral klapan protezlash, yoshi katta bemorlarda retrograd kardioplegiya bilan mitral klapan plastikasi, aortal klapan protezlash kabi jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.

Bolalarga ko‘rsatilayotgan qon tomir va  tug‘ma yurak nuqsonlarida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida

            Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Andijon davlat tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va shifoxona yetakchi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan murojaat qilgan tug‘ma va orttirilgan yurak va qon-tomir kasalliklari bo‘lgan bemor bolalarga malakali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bolalar xirurgiyasi kafedrasi va shifoxona o‘rtasida Respublikamizning ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlari, Respublika pediatriya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan ilmiy amaliy aloqalar o‘rnatilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori M.M.Aliev tomonidan bir necha yildan buyon ilmiy amaliy, uslubiy aloqalar davom etib kelmoqda. Bolalar portal gipertenziya kasalligida 32 ta qon-tomir shuntlovchi operatsiyalari o‘tkazildi.

Bolalarga kardioxirurgik yordam samaradorligini yaxshilash maqsadida akademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak tug‘ma nuqsoni bo‘limi raxbari professor X.K.Abralov va ToshPTI kardioxirurgiya bo‘limi ilmiy xodimi dotsent B.X.Soliev ko‘magi ostida 359 ta ochiq arterial yo‘lni bog‘lash, 71 ta arteriyalararo anastamoz qo‘yish, 30 ta Myuller bo‘yicha o‘pka arteriyasini toraytirish, 8 ta perikardiotomiya operatsiyalari o‘tkazildi. Hozirgi kunda shifoxonada yurak tug‘ma nuqsonlari bor bemor bolalarda ochiq usulda operatsiyalar o‘tkazishning yangi va qulay imkoniyatlar yaratish ustida izlanishlar olib borilmoqda.

 
 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!