alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Biz shifokor bo‘lamiz

15:25 25.12.2020

Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir. Asaka tumanidagi 28-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

30 dan ziyod yoshlarga maktab psixologi Xurshidaxon Asronova rahbarlik qildi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.
Asaka tumanidagi 28-umumta’lim jamoasini institut psixologi O‘.Arziqulov boshchiligida institut jamoasi va faol talabalar samimiy kutib oldilar.


Institut psixologi O‘.Arziqulov maktab o‘quvchilariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Institut o‘quv jarayoni, talabalar erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng o‘quvchilar institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.


Shundan so‘ng, institutning Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.


Tashrif yakunida kelajakda shifokorlik kasbini tanlashga ahd qilgan o‘quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!