alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Farg‘ona vodiysi mutaxassislarining jamiyаt yig‘ilishi o‘tkazildi

17:28 04.02.2019

2019- yilning 2- fevral kuni Farg‘ona vodiysi Bolalar xirurglari, urologlari, anesteziolog-renimatologlari, hamda bolalar onkologlarining navbatdagi jamiyat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Farg‘ona viloyatining ko‘hna Marg‘ilon shaxrida bunyod etilgan Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar bog‘ida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Bolalar anesteziologiya-renimatologiyasi va intensiv terapiya” kafedrasi mudiri E.Sotvoldieva  ishtirok etdi va “Bolalarda infuzion-transfuzion terapiya”  mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, kun tartibidagi “Bolalarda jinsiy a’zolarda o‘tkazilgan operatsiyalarning natijalari”, “Bolalarda nefroblastoma kasalligi va davolashning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida ma’ruzalar muhokama qilindi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!