alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

KORRUPSIYANING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

16:51 11.02.2019

2019-yil 11-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida «Ta’lim muasasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  Tadbirga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari M.G‘ofurov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektori M.Husanov, Andijon shahar Gumbaz MFY profilaktika inspektori Sh.Topvoldiev va institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Xodjimatov ochib,  institutda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.


Shundan so‘ng Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Murodjon G‘ofurov bugungi kunda korrupsiya va uning ko‘rinishlari, ayniqsa, ayrim ta’lim muasasasalarida korrupsiyaning uchrayotgani juda achinarli hol ekanligi haqida so‘zladi.

Ma’rifiy tadbir yakunida so‘z olgan  viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektori M.Husanov jamiyatni beshak tanazzulga yetaklaydigan va eng oliy jinoyatlar safiga kiritilgan korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning vazifasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!