alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Maktabda onlayn video ma’ruza

10:53 19.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalarining Marhamat tumanidagi umumta’lim maktablariga tashrifi  davom etmoqda.

Institut ishchi guruhi Marhamat tumanidagi 47-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘ldilar. Ishchi guruhi tomonidan  ta’lim sifatini oshirish maqsadida 47-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida video ma’ruza uchun konferensiya zali tashkil etilib internet tizimiga ulab berildi. Video ma’ruza uchun tashkil etilgan konferensiya zaliga 43 dyumli televizor sovg‘a qilindi.

Endi mazkur tizim orqali institut professor-o‘qituvchilari ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy ta’lim tizimi asosida ma’ruzalar o‘qishadi va institutning o‘zida turgan holda o‘qituvchilarga ilmiy, amaliy ko‘mak berishlari mumkin. Maktabda institut rektori M.Madazimov ishtirokida kimyo fanidan birinchi onlayn video ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzada Vestminster universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Mahmudov va Marhamat tumanidagi barcha maktablardan kimyo fani o‘qituvchilari, bitiruvchi o‘quvchilar ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, tumandagi maktalar uchun institut tomonidan kitoblar jamlanmalari va sport anjomlari topshirildi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan qator vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktablarga ilmiy, amaliy ko‘mak berish uchun tashkil etilgan Andijon davlat tibbiyot instituti ishchi guruhining maktablarga tashrifi davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati   

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!