alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Marhamat tumani o‘quvchilari tibbiyot institutida

15:27 19.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida bir qator vazifalarni belgilab berdi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yoshlarimizda ilm-hunar o‘rganishga, oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.

Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Marhamat tumani umumta’lim maktablari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.


Tumandagi 40 dan ziyod maktablardan biologiya va kimyo fani o‘qituvchilari hamda Andijon davlat tibbiyot institutiga kirib o‘qish niyatida bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilardan bir guruhi instituga tashrif buyurdilar.

Marhamatlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning institut rektori M.Madazimov va bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. Istitut rektori o‘qituvchi va o‘quvchilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi, institut faxri bo‘lgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, Marhamat tumani maktablari jamoalari uchun tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi dotsenti Tohirjon Saydullayev umumiy biologiya bo‘yicha ma’ruza qildi. Biologiya va kimyo fani o‘qituvchilari hamda bitiruvchi o‘quvchilarni kafedrada tashkil etilgan muzey bilan Dildoraxon Yunusova tanishtirdi va ularning qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.


Tashrif davomida mehmonlar Institutning Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.

Marhamat tumani maktablari jamoalari institut ma’muriyati bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib oldilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!