alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Rossiyalik neyrojarroh A.Kozlov ishtirokida ma’ruza o‘tkazildi

16:55 11.02.2019

2019-yil  11-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot  instituti Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik  kafedrasiga Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi akademik N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy –amaliy  neyrojarrohlik markazi professori, tajribali neyrojarroh A.V.Kozlov tashrif  buyurdi.

Shu kuni A.Kozlov kafedra professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari va talabalar bilan uchrashib, “Bosh miya to‘qimasi va  kalla suyaklari jarohatlarini  tashxisi   va  davolashning  zamonaviy  usullari”  mavzusida  ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ADTI o‘quv bo‘limi boshlig‘i G.Nazarova, Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Q.Qo‘ldoshev hamda davolash fakulteti  4-kurs talabalari  ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari mavzu bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan  savollarga   batafsil  javob  oldilar.
 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!