alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Shye’riyat va raqs kechasi”

13:12 07.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar — Andijon davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi viloyat kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi bilan birgalikda “Shye’riyat va raqs kechasi” tashkil etildi. Kechada akademik litseyda tahsil olayotgan har bir guruhdan sha’riyat va raqsga qiziquvchi o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirni odilona baholash uchun Andijon viloyati madaniyat boshqarmasidan mutaxassislar jalb etildi.

“Shye’riyat va raqs kechasi”ni akademik litsey MMIBDO‘ O.Karimov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish borasida yoshlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan  ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ahamiyati va yoshlar hayotidagi o‘rni, 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyda shu kungacha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berda. “Shye’riyat va raqs kechasi” tadbiri ishtirokchilariga omadlar tiladi va kechani  ochiq deb e’lon qildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan milliy raqslarni namoyish etildilar, she’riyatga mehr qo‘ygan bir o‘quvchilar yod olgan she’rlardan o‘qib mahoratlarini ko‘rsatishga harakat qildilar. Har bir ishtirchining chiqishlari hay’at a’zolari tomonidan odilona baholandi. Ha’kamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra raqs yo‘nalishi bo‘yicha mutloq g‘oliblik 205-guruh o‘quvchilari Sug‘diyona Ma’mirova va Xurshidaxon Soxibjonovalarga nasib etdi. Raqs yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘ringa 106-guruh o‘quvchisi Rayyona Yoqubova loyiq deb topildi. 3-o‘rinni esa 104-guruh o‘quvchisi Madina Orifjonova egalladi.

Shye’riyat yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik 105-guruh o‘quvchisi Farangiz Odiljonovaga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin sohibasi 202-guruh o‘quvchisi Muattar G‘ulomova deb e’lon qilindi. 3-o‘rinni esa 202-guruh o‘quvchisi Gulruxzor Avazova egallashga muvofaq bo‘ldi. G‘oliblarga hamkor tashkilotlar tomonidan faxriy yorliqlar va estalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘nggida  so‘zga chiqqan Andijon davlat tibbiyot instituti vakili A.Abduxalimov, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi viloyat kengashi vakili M.Umirzaqova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi vakili G‘.Toxirovlar tadbirni tashkil etgan akademik litsey ma’muriyatiga va tadbirda faol ishtirok etib o‘z iste’dodlarini namoyish qilgan o‘quvchilarga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar va ijod yo‘lida yangi-yangi zafarlar tilashdi.

 O.Karimov,

                       ADTI akademik

                      litsey MMIBDO‘

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!