alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Suitsidologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘tkazildi

15:43 30.03.2019

2019- yil 30-mart  kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  «Suitsidologiyaning dolzarb muammolari»  mavzusida  respublika ilmiy-amaliy  videokonferensiya  bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni   institut rektori M.Madazimov  ochib berdi  va  konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari sa’yi harakatlari bilan tashkil etilgan  konferensiyada  oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimi,  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan  soha mutaxassislari, ADTI professor-o‘qituvchilari, institut  psixiatriya va  narkologiya kafedrasi xodimlari   ishtirok etdilar.

Anjuman ishida  viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyati mudiri  A.Mirkomilov so‘zga chiqib, anjuman bugungi kunning eng  dolzarb mavzusiga bag‘ishlanganligini    ta’kidladi va  tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini  bildirdi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga  “Yashash baxti” deb nomlangan videofilm namoyish etildi.  Konferensiyada  Toshkent shahri bilan onlayn rejimida muloqot o‘rnatildi.  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi G.Perlieva  “O‘zbekistonda suitsidologiya holati va muammolari”, Toshkent tibbiyot Akademiyasi  Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri Z.Ashurov  “Depressiya va suitsidlar profilaktikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri  V.Abdullaeva  “”Bolalar va o‘smirlardagi o‘z joniga qasd qilishning  o‘ziga xos xususiyatlari “ mavzusida  videoma’ruza qildilar.

Andijon shahar Eski Gumbaz jome’ masjidining  imom xatibi B.Ro‘ziboevning  “O‘z  joniga  qasd  qilishning   diniy oqibatlari”  mavzusidagi ma’ruzasi ham barchaning diqqatini tortdi.

Tadbir davomida  viloyat IIB huquqbuzarliklar  profilaktikasi  boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik G.Abduvohidova, Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri N.Halimova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh suitsidologi  B.Hamidov va boshqa mutaxassislarning mavzuga doir ma’lumotlari hamda fikr-mulohazalari konferensiya ishtirokchilarida  katta qiziqish uyg‘otdi.

Ilmiy –amaliy  konferensiya  yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Konferensiya jarayoni savol-javoblar, o‘zaro  fikr-mulohazalar, takliflar bilan yanada  mazmunli   va qiziqarli  bo‘ldi.

Tadbir yakunida  rezolyutsiya qabul qilindi. Mutaxassislar  kelgusida  mazkur  dolzarb muammoning  oldini olish bo‘yicha  amaliy ishlarni  olib borishda   hamjihat bo‘lishga kelishib oldilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!