alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Yutuqlarim — institutimga  sovg‘alarim

11:28 31.12.2019

2019-yil men uchun omadli keldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yilda men O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining tibbiy  mutaxassislarni xorijda malakasini oshirish dasturi grantining barcha sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, bir oy — iyun oyida  Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri Rossiya Uluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasida (Российская медицинская академия непреривного образование) t.f.d. professor Sergey Yakovlevich  Kosyakov   rahbarligidagi Otorinolaringologiya kafedrasida o‘quv jarayonlari, amaliyotdagi  yangiliklar bilan yaqindan tanishib, malakamni oshirib  qaytdim.

Yana bir  katta  yutug‘im Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “El yurt — umidi”  fondi stipendiati  barcha talablarini bajarib g‘olibi bo‘ldim va o‘zim tanlagan  Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri Uluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasining taniqli olimi,   t.f.d. professor Elena Petrova Karpova  rahbarligidagi  Bolalar  Otorinolaringologiya kafedrasida bo‘lib, bolalar muammolari echimiga  oid eng zamonaviy yangiliklardan o‘rganib keldim va hozirgi kunda amaliyotda qo‘llashni boshladim.
Erishgan barcha yutuqlarim Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tibbiy ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibori  natijasi deb o‘ylayman. Bu yutuqlarimga erishishda madakor bo‘lgan muhtaram rektorimiz M.M.Madazimovga, o‘zim ishlayotgan vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  jonkuyari, dekanimiz  hurmatli X.X. Tursunovga va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetidagi barcha hamkasblarimga, shaxsan ustozim Q.Q.Qosimovga  o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yutuqlarimning barchasi jonajon Institutimga sovg‘a deb bilaman.
Kirib kelayotgan Yangi 2020-yil barchamizga qutlug‘ va muborakli bo‘lsin, institutimiz obro‘si xalqaro miqyosda yana ham baland bo‘lsin!

Nigora Madaminova,
ADTI VMO va QTF Otorinolaringologiya yo‘nalishi katta o‘qituvchisi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!