alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

«Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga ta’zim» mavzusida adabiy-badiiy kecha

16:19 13.02.2019

2019-yil 13-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida shoh va shoir, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati  bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda  fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, ADTI yoshlar ittifoqi faollari, talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  A.Arziqulov ochib, Zahiriddin Muhammad Boburning  ijodkorlik  mahorati va insoniy fazilatlari haqida gapirib o‘tdi.


Shundan so‘ng, talabalar tomonidan «Z.M.Bobur ijodiga ta’zim»  mavzusida  adabiy-badiiy kompozitsiya  namoyish  etildi.


Tadbirda talabalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, o‘lmas asarlarining jahon adabiyotidagi yuksak maqomi, yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida ma’ruza qildilar.

Shundan so‘ng, Boburning dilbar g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qidilar. Shoir she’rlari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiq va raqslar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. Talabalarning Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishlarini  tadbir ishtirokchilari zo‘r ishtiyoq bilan tomosha qildilar.


Ulug‘ bobokalonimiz xotirasiga bag‘ishlangan ushbu tadbir yosh avlodni ulug‘ bobomizning ezgu tushunchalar teran mushohada etilgan bebaho asarlaridan bahramand qilish, shu orqali ularning tafakkur va ma’naviyati, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!