alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bilan uchrashuv

13:36 12.03.2019

2019-yil 12-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori pediatriya fakulteti 6-bosqich talabasi Husnigul Muxtorjonova  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, sovrindorni institut ma’muriyati va barcha talabalar nomidan qizg‘in  tabrikladi.

Shundan so‘ng, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Jo‘raeva so‘z olib, joriy yilda institut talaba-qizlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Islom Karimov nomidagi davlat mukofoti, Vrachlar assotsiatsiyasi stipendiati kabi ulkan mukofotlarga erishganliklarini katta mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.

So‘z navbati Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori H.Muxtorjonovaga berilganda, u bu mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning shaxsan o‘zi unga taqib qo‘ygani haqida to‘lqinlanib gapirib berdi.  Husnigul bunday yuksak mukofotga erishishda unga yaqindan yordam bergan ustozlariga katta rahmat aytib, bu mukofot nafaqat uning o‘ziga, balki barcha institut xotin-qizlariga berilgan mukofot ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbirda institut iqtidorli talabalaridan Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabasi Mohigul Umarxo‘jaeva so‘z olib, tengdoshining erishgan bu muvaffaqiyatidan ruhlanib, uni qizg‘in tabrikladi va o‘zi yozgan she’rlaridan o‘qib berdi.

Uchrashuv so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan sovrindorga murojaat qildilar. Uchrashuv samimiy va qiziqarli o‘tdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!