alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Simulyatsion markaz yangi trenajyor-robotlar bilan boyitildi

20:00 25.02.2019

Simulyasion o‘quv markazI  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 -sonli,  2017- yil 5- maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2956- sonli, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3151- sonli qarorlari  va  2017- yil 20- iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021- yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171–sonli qarorining Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o‘quv-simulyasion  laboratoriyalari tashkil etish” bandi ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart -sharoitlarni ta’minlash hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Simulyatsion o‘quv laboratoriyasini tashkillashtirish – ta’mirlash uchun 96 mln. so‘m, jihozlar uchun  68 mln. 433 600 so‘m, trenajyor va mulyajlar uchun 545 mln.733 ming so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar sarflandi va markazda anesteziologiya-reanimatsiya, jarrohlik, terapiya, akusherlik-ginekologiya, pediatriya-neonatologiya, anatomiya, stomatologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya fanlari bo‘yicha maxsus amaliy ko‘nikmalarni bajarish xonalari tashkil etildi. 2019-yil fevral oyida simulyatsion markaz neyrojarrohlik va travmatologiya, akusherlik-ginekologiya, neonatologiya, terapiya, jarrohlik va anesteziologiya-renimatologiya fanlari bo‘yicha umumiy qiymati 780 mln so‘mlik yangi zamonaviy trenajyor-robotlar bilan jihozlandi.

Tashkil etilgan simulyatsion markazda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustaqil egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xonalar zamonaviy ta’mirlanib, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Jumladan har bir xonaga kompyuter jamlanmasi, televizor va videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Simulyatsion markazda dars jarayoni alohida tuzilgan jadval asosida instruktorlar rahbarligida  tashkil etilgan.

Simulyatsion markaz tashkil etilgan shu kunga qadar institutda tahsil olayotgan talabalarning 70% dan ortig‘ida amaliy ko‘nikmalarni dadil va xatosiz mustaqil bajara olishiga erishildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!