alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SALBIY HOLATLARNING OLDINI OLISH MAQSADIDA

19:32 09.02.2021

Bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazib, o’qib-izlanayotgan yoshlarimiz o’z iqtidorlari bilan dunyoni hayratga solib kelmoqdalar. Biroq ayrim yoshlarimiz orasida firibgarlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlarining sodir etilayotgani achinarli hol. Bularning oldini olish maqsadida shahrimizdagi Yoshlar markazida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tadbir o’tkazildi. Unda institutimizning professor o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni institutimiz rektori M. Madazimov ochib berdi.
U talabalarimizning darslarda muntazam ishtirok etishlari nazoratga olingani, salbiy illatlarning oldini olishda bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o’tdi.
Shundan so’ng viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Muhammadjon Nishonov bugungi kunda, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida firibgarlik va korrupsiya holatlari aniqlanayotgani, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar sodir etilayotgani va buning salbiy oqibatlari to’g’risida ma’lumot berdi.
Talabalar bo’sh vaqtlarida turli sport va fan to’garak mashg’ulotlariga qatnashishlari foydali ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!