2019-yil 16- fevral kuni Andijon shahri, Yangi bozor hududidagi “Mumtoz” savdo markazi oldida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi – hayotimiz mezoni” mavzusida aksiya o‘tkazildi.
Tadbirda boshlang‘ich tashkilot faollari o‘z bilim va kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar.
Aksiyada kundalik hayotimizda sog‘lom turmush tarzini qoidalariga rioya etish, o‘z sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lish va shifokor tavsiyalariga amal qilish – uzoq umr ko‘rish garovi ekanligi asosiy maqsad bo‘ldi.
Bo‘lajak mutaxassislar aholiga favqulodda holatlarda : yurak huruj qilganda, qandli diabet xastaligida, xushdan ketganda, epilepsiya holatlari va jarohat olganda bemorlarga shifokor kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini ko‘rsatib berdilar.
Muolajalar talabalar tomonidan ko‘ngillilarda va mulyajda ko‘rsatib berildi. Aksiyada aholi katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.