alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘TKAZILGAN ANJUMANDA TALABALARIMIZ KATTA YUTUQLARNI QO‘LGA KIRITDILAR

16:41 20.05.2019

2019-yil 16-17 may kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh talabalari Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi assistenti H.Xonkeldieva rahbarligida  Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan  xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyada ishtirok etib qaytdilar.

“Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan 73- an’anaviy xalqaro konferensiya ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda  talabalarimiz muvaffaqiyat qozondilar. Davolash fakulteti talabasi T.Tojiboev faxrli 1 – o‘rinni egalladi. Shuningdek, magistratura yo‘nalishi talabalari – A.Nuriddinov 2-, Sh.Ahmadaliev 3-, davolash fakulteti talabasi T.Baxriddinov 2-o‘rin, pediatriya fakulteti talabalari I.Sobirov , A.Abdurashidov 2-, A.Azimov 3-o‘rinni egalladilar.

Xorijiy olimlar ishtirokida o‘tgan anjuman taassurotlarga boy bo‘lib, qatnashchilar ko‘hna va hamisha navqiron shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!