alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sankt-Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasi dotsentining seminar mashg‘ulotlari

18:18 02.12.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti Yuqumli kasalliklar hamda Mikrobiologiya kafedralarida Sankt-Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasining Yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti V.S.Turitsin tomonidan 25-30noyabr kunlari ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dosent V.S.Turitsin yuqumli kasalliklar kafedrasida  kasbiy ta’lim fakulteti 504-guruh talabalariga “Parazitar kasalliklar diagnostikasi”, “Ichak parazitar kasalliklari”, “Leyshmaniozlar”, “Bezgak kasalligi”ga bag’ishlangan amaliy mashg’ulotlar o’tdi.

Talabalar mashg’ulot davomida parazitar kasalliklarni zamonaviy diagnostika usullari to’g’risida ma’lumotlar oldilar, shuningdek, bu kasalliklarni klinikasini namoyon bo’lishi, kechish xususiyatlari va zamonaviy davolash usullari to’g’risida yangi bilimlar oldilar.

Bundan tashqari, pediatriya fakulteti 4-kurs talabalariga “Lyambliozlar” mavzusi bo‘yicha, davolash fakulteti 6-kurs talabalariga “Gelmintozlar” mavzusida, “Ichak protozoozlari” ga bag’ishlangan ma’ruzalar o’qidi. Tashrifining so’ngida dosent V.S.Turitsin mikrobiologiya kafedrasida talabalarga “Leyshmaniozlar” va “Bezgak kasalligi” mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi. Ma’ruzalarda kafedra xodimlari, magistrlar va klinik ordinatorlar ham ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!