«SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL!» NOMLI BAYRAM TANTANASI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL!» NOMLI BAYRAM TANTANASI O‘TKAZILDI

21:47 07.03.2025

Bugun, 7-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutning ayol-xodimlari, professor-o‘qituvchilar uchun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Sen aziz va muqaddassan ayol!» deb nomlangan bayram tantanasi o‘tkazildi.

“Oltin vodiy” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tayotgan tadbir avvalida institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ayol-qizlarni bayram bilan samimiy qutladi.

-Sizlarni yosharish, yangilanish faslida, o‘zingiz kabi betakror tarzda o‘tkaziladigan go‘zal bayram 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlayman!

Sizlar borki, oilalarimiz tinch, xonadonlarimiz fayzli, ish joylarimizda ham o‘zgacha yaxshi kayfiyat hukmron. Sizlar bilan hamisha qalblarimiz mehrni, hotirjamlikni va beg‘uborlikni his etamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa, singillar! – dedi, institut rektori.


Bayram tadbiri taqdirlashlardan boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziligining “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi» koʻkrak nishoni bilan institutning Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova, uzoq yillardan buyon fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh ayol professor-oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tantananing badiiy qismi avvalida “Drum shou” sozandalari ijrosidagi zarbli cholg‘u asboblari jarang sochdi. Kuylar esa bolajonlar ijrosidagi jozibador raqslarga ulandi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan tadbir mehmonlariga gullar taqdim etildi.

Taniqli, xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, davraga chorladi.

«Quvnoqlar va zukkolar» o’yinlarining faol qatnashchilari bo‘lgan institutning «Ulfatlar» jamoasi a’zolari tomonidan ijro etilgan qiziqarli chiqishlar barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Sho’x qo’shiqlarga raqsga tushgan holda ayol-qizlar chinakkam bayram kayfiyatini xis etdi.

Skip to content