alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SEN YOLGʻIZ EMASSAN!” TADBIRI KOʻNGILLARGA BEGʻUBORLIK ULASHDI

19:34 03.12.2021

“SEN YOLGʻIZ EMASSAN!” TADBIRI KOʻNGILLARGA BEGʻUBORLIK ULASHDI

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Sen yolgʻiz emassan” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.b. S.Salohiddinov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari, psixolog Oʻ.Arziqulov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi H. Qo’chqorov hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bugungi kunda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, xotin-qizlarga keng imkoniyat yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Institutimizning iqtidorli talabalari va xorijiy talabalar tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, 43-maktabgacha taʼlim tashkiloti jajji bolajonlarining chiqishlari barchaning koʻngliga iliqlik va begʻuborlik bagʻishladi. Goʻzal raqslar va kichkintoy harbiylarning namoyishi ularning orzu-umidlarini aks ettirdi goʻyo…

Tadbir soʻnggida maktabgacha taʼlim tashkilotining mudirasiga institut tashakkurnomasi taqdim etildi.