alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIXON TUMANIDA SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

09:31 15.12.2021

SHAHRIXON TUMANIDA SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-sentyabr kuni Andijon viloyatiga tashrifi hamda 2021-yil 10-dekabr kuni “Endokrin kasalliklarini oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasida Shahrixon tumanidagi 76 ta MFYlar Oila shifokorlari  va patronaj hamshiralarining malakasini oshirish, tuman aholisi oʻrtasida yurak qon tomir va endokrinologik kasalliklar skrining tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Seminarni Davolash ishlari prorektori B.Mirzakarimov ochib berib, yigʻilish qatnashchilariga davlatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari oldiga qoʻygan vazifasi, xalqimizni sogʻlomlashtirish va kasalliklar oldini olish boʻyicha  topshiriqlarini sidqidildan bajarishi lozimligi, bu borada Shahrixon tumani tibbiyot xodimlari Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari bilan birga faoliyat olib borishlari toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtdi.

Seminar qatnashchilariga Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova va Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Oila shifokorlarini tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi katta oʻqituvchisi A.Xudoyberdiyev “Endokrinologik hamda yurak qon tomir kasalliklarini erta aniqlashning skrining tekshiruvlari,  kasalliklar aniqlanganda olib boriladigan chora-tadbirlar” mavzularidagi maʼruzalarini olib borishdi. Shuningdek, mazkur tadbir davomida 3-4-guruhga kiritilgan bemorlar tibbiy koʻruvi va yurak-qon tomir hamda qandli diabet kasalligiga moyilligi bor aholi oʻrtasida skrining tekshiruvlari oʻtkazildi.