Shahrixonda salomatlik aksiyasi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 15-fevral kuni Shahrixon shahrida Andijon davlat tibbiyot instituti  professor-o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqi institut  boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan  “Sog‘lom turmush tarzi – hayotimiz mezoni” mavzusida aksiya o‘tkazildi. Tadbirni ADTI davolash ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov hamda boshlang‘ich tashkilot etakchisi B.Abdulazizxojievlar  ochib, aholiga sog‘lom turmush tarzi qoidalari va asoslari xususida tushunchalar berib o‘tdi.

ADTI fakultet  pediatriya va neonatologiya, pediatriya, gospital va shoshilinch pediatriya, yuqumli kasalliklar, bolalar jarrohligi  va anesteziologiya-reanimatologiya, 1-akusherlik va ginekologiya kafedralari o‘qituvchilari hamda  talabalar tomonidan  bir necha sahna ko‘rinishlari  namoyish etildi. Aksiyada aholi tomonidan   berilgan turli savollarga  mutaxassislar javob berdilar.

Tadbir so‘ngida Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan aholiga turli kasalliklar, ularning oldini olish usullari  yoritilgan  buklet va qo‘llanmalar tarqatildi.

Shundan so‘ng, ADTI professor-o‘qituvchilari  Shahrixon tumani KTMPda  tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikka ja’mi 19 nafar malakali mutaxassis: pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, infeksionistlar jalb etildi.

Tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan muassasada diagnostika uchun UTT va EKG apparatlari mavjud bo‘lib, bu aholiga keng qulaylik yaratdi.Tibbiy ko‘rik davomida jami  402 nafar aholi ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikda  102 nafar aholida  surunkali xastaliklar  aniqlandi.Bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan kerakli maslaxatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan fuqarolar joylarga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi.

Tumandagi  145 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli xastaliklarni olini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar berdilar.

 

548