alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yurtboshimiz belgilab bergan vazifalar ijrosini ta`minlaymiz !

17:52 27.05.2019

ADTI kengashlar zalida 2019 -yil 27- may kuni ilmiy kengash a’zolari,  dekan o‘rinbosarlari va o‘quv ishlari  bo‘yicha mas’ullar   ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni  institut rektori M.Madazimov ochdi.  M.Madazimov  2019- yil 24 – may kuni Toshkent shahrida Muhtaram Yurtboshimiz S.Mirziyoyev ishtirokida  o‘tkazilgan  yig‘ilishda  qatnashganligini aytib, mazkur yig‘ilishda qo‘yilgan  muhim masalalar va  tafsilotlar bilan  institut jamoasini tanishtirdi.

Jumladan, yig‘ilishda  respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari  rektorlari, ilmiy-tadqiqot va ilmiy tekshirish institutlari rahbarlari   va  ta’lim sifatiga mas’ul shaxslar ishtirok etganligini aytib o‘tdi. O‘z navbatida  yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni baholashda  talabchan bo‘lish, adolatli baholash,  har jihatdan salohiyatli  mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek,  ta’lim berish sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni ko‘tarish, innovatsiyalarni amalga oshirishga keng e’tibor qaratish kabi mavzularni o‘rtaga tashladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus haqida, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish,  axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni   puxta o‘rganish masalalari  muhim ekanligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda institut o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektor A. Arziqulov  attestatsiya-akkredetatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv ishlarini rejali tashkil etish, professor-o‘qituvchilarga   qo‘yilayotgan talablar  haqida atroflicha tushuncha berib o‘tdi.

Yig‘ilishda    7-8 iyun kunlari   o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyaga  tayyorgarlik   ishlari xususida  gap borib, amalga oshiriladigan ishlar  xususida kelishib  olindi.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!