alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHE’RIYAT YASHASA MILLAT YASHAYDI

20:23 16.04.2021

Talabalar turar joyida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shoira Guljamol Аsqarova bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Unda ishtirok etgan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M. Botirov hamda G. Asqarova shoirning she’rlaridagi xalqona satrlar, badiiy jihatdan mukammalligi borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. She’rlaridan namunalar o’qib berdilar. Shuningdek, G. Asqarova talabalik yillari, do’stlarini sog’inch bilan yodga oldi. Talabalarga ham oltinga teng davrning qadriga yetib, o’qib-izlanishlari kerakligiga chorladi.

Shoira talabalarning ayol matonati, she’riyatga kirib kelishi, ilk ijod namunalari haqidagi savollariga batafsil javob berdi. Shoira va talabalarning yod olgan she’rlari bahri bayt aytishuvlariga aylanib ketdi.