alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SHIFOXONA SHAROITIDA BEMORGA TEZ TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH” BO‘YICHA INSTITUT OLIMPIADASI

09:57 20.05.2019

2019- yil 18- may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Shifoxona sharoitida bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi. Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining joriy yil 5 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari institut ichki fan olimpiadasini 2019 yilda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi  314-sonli hamda institut rektorining 251-T-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchi jamoalar  institut axborot texnologiyalar markazida  o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha test sinovlarini topshirdilar.

Olimpiadani institut rektori, professor M.Madazimov ochib, ilm-fan sirlariga qiziqqan, intiluvchan yoshlarni bugungi bellashuv bilan qizg‘in muborakbod etib, ularni g‘olib bo‘lishga, g‘olib talabalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.


Olimpiada guruhlarning  o‘zlarini tanishtiruv sharti  bilan boshlandi. Unda pediatriya yo‘nalishining ”Umid uchquni”, Anesteziologiya va reanimatologiya  yo‘nalishining “Nadejda”, Akusherlik va ginekologiya yo‘nalishining “Yangi hayot”, terapiya yo‘nalishining “Bioritm”, xirurgiya yo‘nalishining “Spasi i soxrani” jamoalari o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar.



Shundan so‘ng,  simulyatsion o‘quv markazida  har bir jamoa  20 daqiqa davomida o‘zlariga berilgan savolnomalar asosida  xirurgiya, terapiya , akusherlik va ginekologiya, anesteziologiya va reanimatologiya hamda pediatriya yo‘nalishlarida  bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.





Olimpiada jarayonini  institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor A.Arziqulov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov, pediatriya fakulteti dekani A.G‘afurov, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Q.Yusupov, viloyat perinatal markazi Homiladorlik patologiyasi bo‘limi boshlig‘i U.Avezova, shahar bolalar shifoxonasi chaqaloqlar bo‘limi boshlig‘i F.Djabbarova, ADTI klinikasi anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i A.Homidov, gematologiya bo‘limi boshlig‘i A.Ko‘chkarov, 3-xirurgiya bo‘limi boshlig‘i O.Hakimov va boshqa  hay’at a’zolari kuzatib, odilona baholab bordilar.

Olimpiadani yakunlash marosimida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov ishtirok etib, barcha jamoalarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi va natijalarni e’lon qildi. Dastlab barcha ishtirokchilarga sertifikat topshirildi. Natijalarga ko‘ra,

“Yangi hayot”  jamoasi

“Bioritm” jamoasi

 “Umid uchquni” jamoalari faol ishtirok etdilar.


 
G‘olib jamoalarga belgilangan pul mukofotlari va diplomlar topshirildi.  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!