(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHOH VА SHOIR IJODI TILIMIZDА – QАLBIMIZDА

17:50 11.02.2021

Аndijon davlat tibbiyot instituti Аkademik litseyida vatandoshimiz, ulugʼ oʼzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda АDU ona-tili va adabiyot kafedrasi katta oʼqituvchisi N.Аzizov, АDTI yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Oʼtkirbek Аrziqulov, dekan oʼrinbosari Ulugʼbek Karimovlar ishtirok etdilar.
Dastlab akademik litseyning birinchi direktori, professor Karimov Аbdunabi Karimovich xotirasiga bagʼishlab oʼtkazilgan shaxmat-shashka turniri gʼoliblari 101-guruh oʼquvchilari Sherzod Orifjonov, Xusnida Zokirova, 201-guruh oʼquvchisi Fayzullo Fozilov, 204-guruh oʼquvchisi Faryozbek Bohodirov akademik litsey maʼmuriyati tomonidan taqdirlandilar. Shuningdek, “Rektor kubogi” uchun tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik-tanlovida faxrli 3-oʼrinni olgan jamoa aʼzolari esdalik sovgʼalari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.

Shundan soʼng akademik litsey direktori F.Аhmedova buyuk sarkarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoʼlidagi qiyinchiliklari, amalga oshirgan ibratli ishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir davomida akademik litsey ma’muriyati rahbarlari tomonidan shoh va shoirning gʼazal va ruboiylari aks etgan videolavha tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.
Аkademik litseyning iqtidorli oʼquvchilari tomonidan alloma qalamiga mansub gʼazal va ruboiylar oʼzbek va xorijiy tillarda ijro etildi.
Oʼquvchilar tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga boʼlgan muhabbatlarini yanada ortishiga katta xizmat qiladi.