alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shoir Muhammad Yusuf tug‘ilgan qishloqqa tashrif

11:23 26.04.2019

26- aprel kuni  minglab yurtdoshlarimiz qatori   Andijon davlat tibbiyot institutining 150 nafar professor-o‘qituvchi va talabalari shoir Muhammad Yusuf tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘iga tashrif buyurdilar.

Bu yerda institut jamoasi Muhammad Yusuf xoki qo‘yilgan qabristondagi xotira majmuasini ziyorat qilishib, shoir haykali poyiga guldastalar qo‘ydilar va qur’on tilovat qildilar.

So‘ngra ular shoir yashagan xonadonda bo‘lishib, uy-muzeyini tomosha  qildilar. Muhammad Yusuf hayoti bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldilar.

Shuningdek, shoir o‘qigan maktabda bo‘lishib, shoirning maktab davrlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Uning dilga yaqin dilbar she’rlaridan va ularga bastalangan   qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!