alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shoir Muhammad Yusufga ehtirom

11:24 26.04.2019

2019 yil 26 aprel kuni Andijon farzandi O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning 65 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Hamyurt shoirimiz xotirasiga bag‘ishlangan tadbir Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hiyobonida tashkil etildi.

Hiyobonda o‘rnatilgan shoir byusti atrofi erta tongdan yuzlab shoirni sevgan va ardoqlagan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Shoir haykali poyiga hurmat va ehtirom ramzi sifatida guldastalar hamda gulchambarlar qo‘yildi.

Shoir tavalludining qutlug‘ ayyomi munosabati bilan bu maydonga Respublikamiz poytaxtidan taniqli shoir va yozuvchilar, shuningdek qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining adabiyot va san’at arboblari tashrif buyurdilar.

Tadbirni viloyat hokimi Sh.Abduraxmonov ochib, O‘zbekiston halq shoiri Muhammad Yusufning o‘lmas xotirasi, vatan va muhabbat kuychisining barhayot ijodi haqida o‘zining samimiy fikrlarni izhor etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, shoira X. Qo‘chqorova ham shoir haqida samimiy fikrlarini bildirdi. Mazkur xotira tadbirida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov va institut talabalаri ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!