alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shu qutlug’ dargohda ta’lim olganimdan faxrlanaman

16:39 12.07.2019

Mening fikrim

Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga katta e’tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Bugungi kunda O’zbekistonda barcha sohada ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Shu jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham ta’lim tizimida zamon talablariga javob bergan holda ijobiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Talabalarni bilim olishlari uchun institutda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Men 2013- yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlaganman. Talabalik davrimda ustozlarim bergan bilimlar bilan ko’plab yutuqlarga erishdim. Institut miqyosida o’tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etdim. 2010- yilda «Yilning eng yaxshi talabasi» maqomini olib, medal va sertifikatlar bilan taqdirlandim. Zulfiya nomidagi davlat mukofotining fan yo’nalishi bo’yicha viloyat bosqichi g’olibasi bo’ldim. 2010-2011 yillar davomida viloyat hokimligi xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi «Iqtidorli qizlar klubi»ga raislik qildim. 2011 yilda Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo’lib, imtiyozli ravishda magistraturaga qabul qilindim. Bularning hammasi ustozlarim bergan bilim, tinimsiz olib borgan ilmiy izlanishlarim natijasi, deb bilaman.
Men yutuqlarim bilan maqtanmoqchi emasman. Barcha erishgan yutuqlarim institutimizda yaratilgan imkoniyatlardan o’z o’rnida va samarali foydalanganligim, bois deb bilaman. Ushbu maqolani yozishimga bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan institutimiz tog’risidagi noo’rin fikrlar sabab bo’ldi. Unda keltirilishicha, Andijon davlat tibbiyot institutida ta’lim berish shakli eski va butunlay qotib qolgan. O’zim o’qigan davr bilan hozirda o’qitilayotgan tizim bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunga misol, bugun talabalarimiz 50\50, ya’ni 50 foiz nazariya, 50 foiz amaliyot asosida bilim olishmoqda. Ular 1-bosqichdanoq amaliyotga jalb etilmoqda.
Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan o’quv simulyatsion markaz ham aynan birinchilardan bo’lib Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etildi. Bu markaz talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantirmoqda. Institutimizda ta’lim berish to’g’ri tashkil etilganligi bois bugungi kunda talabalarimiz xalqaro olimpiadalarda faxrli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.
2019- yil talabalar jamoasi Rossiya Federasiyasi, Dog’ston davlat tibbiyot universitetida «Spasi i soxrani» shiori ostida birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha o’tkazilgan III xalqaro olimpiadada 1-o’rinni, Stavropol davlat tibbiyot universitetida Normal fiziologiya fanidan o’tkazilgan xalqaro olipiadada 2-o’rinni, Qozog’iston Respublikasi Olma-ota shahridagi Qozog’iston milliy tibbiyot universitetida Jarrohlik va morfologiya yo’nalishidagi xalqaro olimpiadada 3-o’rinni egallab, institut sharafini munosib himoya qildilar.
Professor-o’qituvchilarimiz xorijning yetakchi tibbiy ta’lim muassasalarida va tibbiyot markazlarida malaka oshirib qaytmoqdalar. Bugun talabalarimiz erishgan yutuqlarni sanab adog’iga yeta olmaymiz.
Zamonaviy talablar darajasida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega o’quv va amaliyot xonalarida talabalar bilim va ko’nikmalarini oshirib bormoqdalar.
Biz  Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda hamda respublikamizdagi yetakchi tibbiyot muassasalarida, tibbiy markazlarda, ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat yuritayotgan taniqli olimlar, tajribali mutaxassislar bilan cheksiz faxrlanamiz.
Men Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olib, shifokor bo’lib yetishganimdan shuningdek, menga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarim bilan hamisha faxrlanaman.
Har bir shifokor kabi mening ham maqsadim bitta: Insonlar hech qachon biror bir dardga chalinmasinlar, og’rimasinlar, doimo sog’u salomat bo’lsinlar. Biz shifokorlar esa, bor bilimimizni va kuch-g’ayratimizni faqatgina ularni sog’lomlashtirishga va kasalliklarning oldini olishga safarbar etaveraylik.
 

                                                         Gulhayo XOLMATOVA,

Gospital terapiya kafedrasi assistenti.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!