alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shukronalik – oliy fazilat

11:40 23.09.2019

Inson atrofidagilarga yaxshilik qilib, ezgu niyatlar tilab yashar ekan qalbi, dil poklanib, turmushi go‘zallashib boraveradi. Kimki yaxshilik, samimiyat, ezgu maqsadlar bilan hamroh bo‘lar ekan u el orasida hamisha hurmatda bo‘ladi. Andijon davlat tibbiyot institutining hafta avvalidagi “Shukonalik” tadbirida yuqoridagi fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Institutning asosiy binosida o‘tkazilgan “Shukonalik” tadbiri potologik fiziologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalarning kayfiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi yutuqlari bilan tanishdilar, hal qilinishi zarur masalalar muhokama qilindi. Insonning oliy fazilatlaridan biri bo‘lgan shukronalik hissi har birimizning dilimizda bo‘lishi zarurligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Xuddi ana shunday tadbir institut klinikasida davolash fakultetining Fakultet terapiya kafedrasi mas’ulligida o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani Bahtiyorjon Mamatov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar betakror va maftunkor Vatanimiz, vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulik, shukronalik tuyg‘ulari xususida so‘z yuritdilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Vatan, bag‘rikeng xalqimiz, yoshlik, shukronalik mavzularida o‘qilgan she’rlar olqishlar bilan kutib olindi.
Institutning 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida so‘z olgan stomatologiya fakulteti dekani Dilshodbek To‘lanov shukronalik xissi insonni yangi-yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishiga imkoniyat yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Hafta avvalida o‘tkazilgan “Shukronalik – oliy fazilat” mavzusidagi tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Dillarida shukronalik hissi mavj urgan professor-o‘qituvchilar, talab-yoshlar yuzlarida tabassum bilan yangi o‘quv haftasini boshlash uchun o‘quv xonalariga yo‘l olishdi.
Odiljon Karimov,
ADTI matbuot kotibi
 
 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!